Jahon | 12:47 / 07.09.2015
2854
1 daqiqa o‘qiladi

8 sentabr kuni Lufthansa uchuvchilari ish tashlash o‘tkazadi

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilari 8 sentabr kuni ish tashlash o‘tkazishadi. Bu haqda Vereinigung Cockpit kasaba uyushmasi xabar berdi.

Ish tashlash mahalliy vaqt bilan 8:00da boshlanadi va aviakompaniyaning uzoq magistralli reyslarini qamrab oladi. Ish tashlash chorshanba kunigacha davom etadi.
O‘tgan yilning kuzidan buyon uchuvchilar 13-marta ish tashlash o‘tkazishlari.

Kasaba uyushmasi aviakompaniyaning pensiya yoshini 61 yoshgacha ko‘tarishga bo‘lgan harakatlariga qarshi kurashmoqda. Hozirlikda pensiya yoshi 59 yoshni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish