Jahon | 16:48 / 07.09.2015
3594
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada tibbiy tajribalar qurboni bo‘lgan yahudiylar dafn qilindi

6 sentabr kuni Strasburg ravvinlari Ikkinchi Jahon urushi yillarida tibbiy tajribalar qurboni bo‘lgan yahudiylarning qoldiqlarini dafn qilishdi. Bu haqda The Jewish Press nashri yozmoqda.

Joriy yilning iyulida 1952 yili tibbiyot xodimi va olim Avgust Xirt tomonidan insonlarda olib borilgan eksperimentlar tafsilotlari yoritilgan maktub topildi.
Urush yillari Xirt ishlagan Strasburg tibbiy maktabiga 86 yahudiyning tanasi keltirilgan. Ularning ayrimlari urushdan so‘ng dafn qilingan, ayrimlari esa yashirilib, ilmiy maqsadlarda qo‘llanib kelingan.

Maktub o‘rganib chiqilgach, maktab laboratoriyasidan marhumlarning qoldiqlari yashirib qo‘yilgan idishlar topildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish