Iqtisodiyot | 09:43 / 07.09.2015
3722
1 daqiqa o‘qiladi
FT: AQShning slanetsli energetikasini yangi bankrotliklar kutmoqda
AQShning slanetsli energetikasi yaqin orada yangi qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Bu haqda The Financial Times nashri yozmoqda.
Ekspertlarning fikricha, neft narxining tushib ketishi sohaning kuchli kompaniyalarigagina sezilarli ta'sir o‘tkaza olmaydi. Shunga qaramay, ularning ham xarajatlari ko‘payadi va yaqin orada ushbu kompaniyalarning daromadga kirishi qiyin bo‘ladi.
“Moliya sektori sanoatni o‘stirgan bo‘lsa, uning o‘zi sanoatni yo‘q qilishi ham mumkin”, - dedi Citigroup banki xom ashyo bo‘linmasi rahbari Edvard Mors.
Uning fikricha, yaqin orada sohada bo‘ladigan o‘zgarishlar ko‘pchilik kompaniyalarni qiyin ahvolga tushirib qo‘yadi.