Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:44 / 07.09.2015
2142
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniya qochqinlarga 6 mlrd yevro ajratadi
Germaniyada hukmron koalitsiya qochqinlar ehtiyojiga 6 mlrd yevro ajratishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
2015 yil yanvaridan buyon Yevropaga 340 ming qochqin kelib tushdi. Yevropaga Suriyadan qochqinlar kela boshlanishi bilan qit'ada migratsion inqiroz boshlanib ketdi.
Suriyalik muhojirlarga yordam paketi kansler Angela Merkel va uning o‘rinbosari Zigmar Gabrielning bayonotida e'lon qilindi. Bundan tashqari, qish uchun issiq boshpanalar tayyorlash ishlari boshlanishi ma'lum qilindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish