Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil o‘z chegarasida muhojirlardan himoyalanish maqsadida to‘siq quradigan bo‘ldi
Isroil muhojirlarga qarshi kurashish doirasida Iordaniya bilan chegarasida to‘suvchi inshootlar quradigan bo‘ldi, deb yozmoqda The New York Times nashri.
Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma'lum qildi.
Netanyaxu muholif siyosatchilarning suriyalik qochqinlarni qabul qilish haqidagi takliflarini rad etdi va Isroil o‘zi “shundoq ham kichkina davlat” ekanligini ro‘kach qildi.
Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati mamlakat milliy byudjyetidan suriyalik qochqinlarni joylashtirish va ularga yordam ko‘rsatish maqsadida 18 mlrd dollarga yaqin mablag‘ ajratishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi. Bu haqda qirollik moliya vaziri Jorj Osborn ma'lum qilgan.