Jahon | 15:08 / 07.09.2015
5429
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Moskva hech qachon Suriya hukumatiga harbiy texnika yetkazib berganini yashirgani yo‘q

Moskva hech qachon Suriya hukumatiga harbiy texnika yetkazib berganini yashirmagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan telefon muloqoti chog‘ida aytib o‘tdi.

“Lavrov bunday yordam har doim ko‘rsatilganini va ko‘rsatilishda davom etilishini, Rossiya bu faktni hech qachon yashirmaganligini va Suriya rasmiy hukumatining terrorchilarga qarshi kurashini har doim qo‘llab-quvvatlaganini ta'kidlab o‘tdi”, - dedi TIV vakili Mariya Zaxarova TASS agentligiga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, Lavrov Rossiya xalqaro koalitsiyani Suriya rasmiy hokimiyati vakillari bilan hamkorlik qilishga chaqirib kelganini eslatib o‘tdi.