Iqtisodiyot | 17:04 / 07.09.2015
2684
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Qozog‘istondagi non narxini normallashtirishni va'da qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oqmo‘la viloyatida o‘tayotgan Agroforum doirasida qilgan chiqishida non narxini normallashtirishni va'da qildi. Bu haqda BNews.kz portali xabar bermoqda.

“Albatta, davlat qishloq xo‘jaligini, biznesni qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin tadbirkorning o‘zi ham nimadir qilishga intilishi lozim. Davlat subsidiya ajrata olmay qoladigan vaziyatlar ham bo‘ladi. Ana shunda nima qilasiz? Kolxozchilarga o‘xshab yurishni bas qiling”, - dedi u.
“Biz iste'molchi uchun non narxini normallashtirishimiz kerak. Hozircha u normal emas”, - ta'kidladi Qozog‘iston yetakchisi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish