O‘zbekiston | 16:17 / 07.09.2015
10467
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistondagi eng yirik IES ustav kapitalini 5 barobarga ko‘paytirdi
O‘zbekistonda eng yirik hisoblanadigan Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi 90689408 dona oddiy va 876864 dona imtiyozli aksiyalarni bozorga chiqardi. har bir aksiyaning narxi ming so‘mni tashkil qiladi, ularning umumiy qiymati esa 91.5 mlrd so‘mga teng. Bu haqda AJ tarqatgan xabarnomada aytilmoqda.
Bu bilan IES ustav kapitali 5 barobarga o‘sdi.
Sirdaryo IESi 3 ming mVt quvvatga ega bo‘lib, u 1981 yilda ekspluatatsiyaga kiritilgan edi. U respublika energetik tarmog‘iga yiliga 13 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi. Bu O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan elektr quvvatining 32 foizidir.