Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda futbol stadioni rekonstruksiya qilindi
Samarqandning Bog‘i Baland va Registon mahallari o‘rtasida joylashgan futbol stadioni Mustaqillik kuni arafasida rekonstruksiya qilindi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilindi.
Rekonstruksiya ishlariga 130 mln so‘m sarflandi. U Sam Antep Gilam Turkiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi, shuningdek, aka-uka tadbirkorlar Oblaqul va Orif Fayzullayevlarning homiyligi yordamida amalga oshirildi.
Stadion “Registon” mahallalararo yoshlar futbol markaziga tegishli.
“Markazimizning asosiy maqsadi bolalar futbolini rivojlantirish, - deydi markaz direktori Oblaqul Fayzullayev.
– Ayni paytda bizning tarbiyalanuvchilarimiz turli turnirlarda ishtirok etmoqda, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida to‘p surmoqda. Farrux Sayfullayev, Temur va Aminjon Fayzullayevlar “Nasaf” va “Dinamo Samarqand” jamoalarining eng futbolchilaridan hisoblanadi. Bir qancha bitiruvchilarimiz Rossiyaning turli klublarida to‘p surmoqda. Markaz tarbiyalanuvchisi Daler Sobirov Yaponiya futbol kollejida tahsil olmoqda”.
Stadionning ochilishi munosabati bilan “Registon” jamoasi Jomboy tumanining “Halvoyi” jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.