Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburg Yevropadagi eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi sifatida tan olindi
Sankt-Peterburg shahri Yevropadagi eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb topilib, World Travel Awards mukofoti bilan taqdirlandi.
Italiyaning Sardiniya shahrida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida Sankt-Peterburgning "o‘ziga xos boy tarixi" va "ko‘p asrlik urf-odatlar va yorqin kelajakka egaligi" ta'kidlandi. Bu haqda World Travel Awards xabar bergan.
Ushbu marosimda Lufthansa kompaniyasiga Yevropadagi eng yaxshi avikompaniya uchun beriladigan mukofot topshirildi. Qayd etish kerakki, Lufthansa bu nomga qatorasiga beshinchi bor sazovor bo‘lmoqda. Forte Village Resort kompaniyasi esa Yevropa va Italiyadagi eng yaxshi kurort sifatida 4ta mukofot qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, Europcar va Cornelia Diamond Golf Resort & Spa (Turkiya) kurortlariga ham Yevropa miqyosidagi maxsus mukofotlar taqdim etilgan.
Shu yilning 12 dekabr kunida Marokashda World Travel Awards taqdimotining final bosqichi o‘tkaziladi.