Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohurlik tadbirkor sheriklarini aldab, 640 ming dollar pulni o‘zlashtirib yubordi
Shayxontohurlik tadbirkor sheriklarini aldab, 640 ming dollar pulni o‘zlashtirib yubordi. Bu haqda “Iste'molchi huquqi” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Fayoz Botirov ismli shaxs xususiy tadbirkorlik obektini ochib, u yerda savdoni yo‘lga qo‘ygan. Ammo savdodan topilgan daromadni kirim qilmay, soliqni davlatdan yashirib kelgan. Shu tariqa u umumiy qiymati 570 mln so‘mlik mahsulotni sotgani uchun soliq to‘lamagan.
Bundan tashqari, Botirov do‘sti K. Ahmadjonovni sherikchilikka ko‘ndirib, undan 100 ming dollar, yana bir tanishi Asat Muhamedovdan ham 100 ming dollar olib, ularga pulni qaytarib bermagan, foydasini ham bo‘lishmagan.
Shu tariqa u 640 ming dollarni olib, turmush o‘rtog‘i nomiga Toshkent shahridan hovli joy, tadbirkorlik obekti qurish uchun yer maydoni va Nexia rusumli avtomashina sotib olgan.
Aldangan sheriklar Botirovning ustidan arz qilingach, uning noqonuniy faoliyati fosh etildi. Ish sudda ko‘rib chiqilib, javobgar ozodlikdan mahrum qilindi.