Fan-texnika | 21:11 / 07.09.2015
3339
1 daqiqa o‘qiladi

Sony batareyalari eng uzoq ishlovchi deb topildi

Sony kompaniyasining mobil qurilmalari akkumulyatorlari eng uzoq ishlovchi deb topildi, deb xabar bermoqda phonearena.com portali.

GSM Arena tadqiqotchilari 2011 yildan keyin ishlab chiqarilgan turli modeldagi smartfonlarning akkumulyatorini tahlil qilishdi. Sinovlar natijalariga ko‘ra Sony batareyalari eng uzoq ishlovchi deb topildi. Bu borada 2-o‘rinni Samsung batareyalari egalladi. Samsung o‘z smartfonlarining yetarlicha kuchli butlovchi qismlarga ega bo‘lgani holda quvvat bilan ta'minlashda batareyalar resurslaridan eng yaxshi usulda foydalanadi.

Ekspertlar Apple yangi avloddagi smartfonlari chiqishi bilan batareyasi sig‘imi kamayib, smartfon quvvati o‘sib borayotgan yagona kompaniya bo‘lib qolayotganini ta'kidlashdi.