O‘zbekiston | 18:35 / 07.09.2015
9700
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga Germaniyadan 7,5 metrli 28 tup sarv daraxti olib kelindi

O‘zbekiston poytaxtiga Germaniya ko‘chatxonalaridan birida yetishtirilgan 28 tup sarv daraxti olib kelindi.

Ko‘karib turgan daraxt ko‘chatlarini Chexiyaning Brno shahridan “Volga-Dnepr” aviakompaniyasi mutaxassislari tomonidan Il-76TD-90VD yuk tashuvchi havo kemasida olib kelingan.

“7,5 metrli daraxtlar maxsus qutilarga qadoqlandi. Bo‘yi sababli ularni samolyot ichki kranlari ko‘tara olmadi. Tashqi kranlar ijarasi qimmat turgani sababli Leyptsigdan bizning maxsus ko‘tarma qurilmalarimizni operativ tarzda olib kelishdi va qutilar relslar va forkliftlar yordamida samolyotgan joylashtirildi”, – deya oydinlik kiritdi “Volga-Dnepr” aviakompaniyasining savdo bo‘yicha mutaxassisi Vyacheslav Shaxov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish