Texnologiya | 15:28 / 08.09.2015
2542
1 daqiqa o‘qiladi

Amazon 50 dollarlik planshet chiqaradi

Amazon kompaniyasi elektronika bozoriga eng arzon gadjyetni chiqarmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda. Planshet 6 dyuymli ekranga ega bo‘ladi.

Uning boshqa tavsiflari hozircha ma'lum emas. Taxmin qilinishicha, uskunaning ko‘p komponentlari arzon va tejamkor bo‘ladi.
Bunday qadam qo‘yilishiga sabab ko‘plab qimmat gadjyetlarga bo‘lgan talabning pastligidir.
Shuningdek, yil oxiriga qadar kompaniya 8-10 dyuymli modellarni ham ishlab chiqaradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish