Sport | 13:52 / 08.09.2015
3635
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda sport kurashlari bo‘yicha turnir tashkilotchilari Rossiya gimnini adashtirib yubordi

AQShda bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining taqdirlash marosimida Rossiya gimnlarini adashtirib yubordi.

Turnirda Rossiya vakili Roman Vlasov 75 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Buning uchun u finalda daniyalik Mark Madsen ustidan g‘alaba qozonishi talab etildi.

Vlasovga medal topshirilayotgan chog‘da Rossiyaning eski madhiyasi qo‘yib yuborildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish