Avgust oyida Toshkentdagi uylar narxi 1 foizga pasaydi
Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi iyul bilan taqqoslaganda 1 foizga pasaydi.
"Gazeta.uz" nashrining ma'lum qilishicha, uyning 1 kvadrat metr uchun 730 shartli birlikni tashkil etmoqda. Panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 697 sh. b., g‘isht uylardagi — 772 sh. b. ni tashkil qildi.
Avgust oyida Toshkentdagi 11 tumandan 6 tasida:
Mirzo Ulug‘bek tumanida - 724 sh. b.;
Yashnobod – 656;
Chilonzor – 741
tumanlarida narxlar 3 foizga;
Sergeli - 577 tumanida 2 foizga,
Uchtepa-701
Yakkasaroy - 792 tumanlarida 1 foizga tushgan.
Shayxontohur tumanida (851) narxlar 1 foizga, Mirobod (790), Olmazor (719) va Yunusobod (763) tumanlarida 2 foizga qo‘tarilgan bo‘lsa, Bektemir tumanidagi (507) narxlar o‘tgan oyga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan.