Jahon | 00:27 / 08.09.2015
2581
1 daqiqa o‘qiladi
Budapeshtda muhojirlar tufayli xalqaro poyezdlar qatnovi to‘xtatib qo‘yildi
Vengriya hukumati mamlakatga katta sonda muhojirlar kelayotgani sababli mamlakat poytaxti Budapeshtda asosiy xalqaro poyezdlar qatnovini vaqtinchalik to‘xtatdi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.
Fuqarolarga vokzallardan uzoqroq yurish va iloji boricha boshqa transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinmoqda.
Budapeshtning bosh temir yo‘l vokzalida politsiya Avstriya va Germaniyaga boruvchi poyezdlarga chiqishni talab qilayotgan muhojirlarni ushlab turishni davom etmoqdalar.
Qayd etilishicha, qochqinlar o‘zlarini osoyishta tutmoqdalar va politsiyaning g‘azabini keltirmaslika harakat qilmoqdalar.