Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada yuk mashinasi yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketdi
Chexiyaning eng shimoliy shahri Shluknovda yuk mashinasi yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketdi, deb yozmoqda Denik nashri.
Noxush voqea oqibatida 4 kishi, jumladan yuk mashinasi haydovchisi jiddiy jarohat oldi. Jarohatlanganlar tibbiy vertolyot yordamida shifoxonaga yetkazildi. Ikkita vagondan iborat yo‘lovchi poyezdida umumiy hisobda 15 kishi bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, shag‘al tosh ortilgan DAF rusumidagi yuk mashinasi shlagbaumi bo‘lmagan temir yo‘l kesishmasiga taqiqlovchi signalda chiqib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi poyezdlar harakatlanish jadvalini izdan chiqardi, poyezdlar o‘rniga avtobuslar jo‘natildi. Yuk mashinasini relslardan olish uchun yuqori og‘irlikdagi yuk ko‘taruvchi mobil krandan foydalanildi.
Voqea mutaxassislar tomonidan tergov qilinmoqda. Ko‘rilgan ziyon 13,5 mln chex kronasiga (taxminan 500 ming dollar atrofida) baholanmoqda.