Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:40 / 08.09.2015
3892
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an Ostonada o‘tadigan turkiy tilli davlatlar sammitida ishtirok etmaydi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ostonada o‘tadigan turkiy tilli davlatlar rahbarlarining V sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov ma'lumot berdi.
“Obektiv sabablarga ko‘ra Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ushbu tadbirda ishtirok eta olmaydi”, - ta'kidlaydi u.
Ilgariroq Erdo‘g‘an qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazib, sammitni o‘tkazishning muhimligini ta'kidlab o‘tgan edi.
Sammit 11 sentabr kuni o‘tkaziladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish