Yetti nafar yosh o‘zbek bokschisi Sankt-Peterburgdagi Jahon chempionatida bahslarni davom ettiradi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Peterburg” sport-konsert kompleksida o‘smirlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha X Jahon chempionatining dastlabki bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa g‘olibligi uchun dunyoning 57 mamlakatidan kelgan 400 nafar kurash olib bormoqda.
Birinchi kuni ringga chiqqan terma jamoamiz a'zolaridan Xalimbek Utegenov (-48 kg) Hindistonlik Maxender Tanvarni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Jahongir Rahmonov (-50 kg) ham Gruziyalik raqibi — Otar Naverianni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bilolbek Mirzorahimov (-57 kg) uelslik Ris Tomasga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (3:0). Yana bir bokschimiz Timur Merjanov (-63 kg) Norvegiya vakili Trod Jonson Espolinni, Dilshodbek Ro‘zmetov (-66 kg) Shotlandiya bokschisi Levis Jonstaunni 3:0 hisobida yenggan bo‘lsa, Yaxyoxon Saidxonov esa (-70 kg) germaniyalik Geyxan Galeruazni 3 raundda texnik nokautga uchratdi. Prosfor Rorimsha esa +80 kg vanz toifasida Italiya vakili Andrea Pugliar ustidan 3:0 hisobida g‘alabaga erishib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi.
Murodjon Qosimov (46 kg), Saidjamshid Jafarov (-54 kg), Abbosxon Mirzaabdullayev (-80 kg) esa qizg‘in bahslarda raqiblariga 1:2 hisobida boy berib qo‘yishdi.