Iqtisodiyot | 14:56 / 08.09.2015
2111
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya dekabr oyida OPeK a'zoligiga tiklanadi

Indoneziya energetika vaziri Sudirman Saidning ma'lum qilishicha, mamlakat shu yilning dekabrida OPeKka a'zo bo‘ladi. Bu haqda Jakarta Globe xabar bergan.

"Biz OPeK bosh kotibiyatidan rasmiy tasdiqnoma oldik. Kotibiyat a'zolari Indoneziya qaytadan tashkilotning to‘laqonli a'zosi bo‘lishiga rozilik bildirishgan", deydi vazir.

Indoneziya Janubiy-Sharqiy Osiyodagi eng yirik neft yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Indoneziya 2009 yilning 1 yanvarida OPeKning a'zolari safidan chiqarilgandi. Shundan so‘ng, bu mamlakat tashkilotda kuzatuvchi maqomida qolgandi.

Indoneziya hukumati neft qazib olishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda mamlakat kuniga 830 ming barrel neft ishlab chiqaradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish