Jamiyat | 09:47 / 08.09.2015
5988
5 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ dayjesti: 7 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

E'tiboringizga 7 sentabr kuni o‘quvchilar tomonidan faol ravishda muhokama qilingan xabarlarni takroran havola etamiz.

Rossiyalik publitsistning so‘zlari o‘zbekistonlik jurnalistlarning noroziligiga sabab bo‘ldi>>

Rossiyalik yozuvchi va publitsist Aleksandr Proxanovning “Zavtra” gazetasida chop etilgan “Boshqariluvchi xaos” nomli maqolasi o‘zbekistonlik jurnalist Cho‘lpon Xamatovning noroziligiga sabab bo‘ldi.

 

Putin Markaziy harbiy okrugda tekshiruv o‘tkazishni topshirdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 sentabr kuni Markaziy harbiy okrugda tekshiruv o‘tkazishni topshirdi.

 

Eng injiq o‘zbek aktrisalari reytingi>>

“Darakchi” gazetasi o‘z an'anasiga sodiq qolgan holda navbatdagi sonida ham o‘ziga xos reyting e'lon qildi. Ushbu reyting eng injiq o‘zbek aktrisalari beshtaligidan iborat bo‘ldi. Reyting natijalariga ko‘ra “injiq” deb topilgan aktrisalar bunday ta'rifga o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishdi.

 

O‘zbekistonlik bog‘bon birinchi marta pepino hosilini oldi>>

Samarqandlik havaskor bog‘bon Muqimjon Oripov o‘z bog‘ida o‘ziga xos kamyob mevalar undirishda davom etmoqda. Bu safar u pepino mevasini undirishga muvaffaq bo‘ldi.

 

O‘zbekiston estradasi yulduzlarining klonlari ro‘yxati tuzildi>>

O‘zbekiston estradasi yulduzlarining “klonlari”dan iborat o‘ziga xos ro‘yxat tuzildi.

 

Dunyodagi eng kuchli qiz Bashar Asadning rafiqasi taklifiga ko‘ra Suriyaga bordi>>

Dunyoning eng kuchli qizi, rossiyalik og‘ir atletikachisi Maryana Naumovna Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asmo Al-Asadning taklifiga binoan Damashqqa tashrif buyurdi.

 

“Mister Bin” sariq mashinaning tomidagi kursida o‘tirib London bo‘ylab sayr qildi>>

Mister Bin komedik obrazini ijro etgan britaniyalik aktyor Rouen Atkinson o‘zining qahramoni oboazida “Mini” rusumidagi mashinaning tomida kursida o‘tirgancha London bo‘ylab sayr qildi.

 

Nazarboyev tanga kursining beqarorligini “to‘g‘ri tushunish”ga chaqirdi>>

Prezidentning so‘zlariga qaraganda, yangi kredit-pul siyosati davlatning iqtisodiy vaziyatga normal reaksiyasidir.

 

O‘zbekiston voyaga yetgan aholisining 20.2 foizi ortiqcha vaznga ega>>

 

O‘zbekiston voyaga yetgan aholisining 67.2 foizi Sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilab bergan me'yordan past miqdorda meva va sabzavot iste'mol qiladi, 37 foizi tuzi me'yoridan ko‘p bo‘lgan ovqat tanovul qiladi, 16.4 foizi esa kam jismoniy harakat qiladi.

 

Birinchi zaruratdagi dorilar ro‘yxati bormi?

Iste'molchi huquqi” nashriga murojaat qilgan fuqaro S. Jahongirov barcha dorixonalarda sotilishi majburiy bo‘lgan birlamchi zaruratdagi dori vositalarining ro‘yxati bor-yo‘qligi haqidagi savolni berdi. Bu savolga Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqini himoya qilish ijro apparatining axborot bo‘yicha mutaxassisi A. No‘'monov javob berdi.

 

Toshkentlik qallob ayol dugonasini Malayziyaga olib borib, 6 ming dollarga sotib yubordi>>

Natalya Valentinovna ismli qiz puldan qiynalib qolib, dugonasi Olesya Borisovaga murojaat qilgan. U qizni Malayziyaga ishga yuborishini, u yerda Natalya barda raqsga tushib, oyiga 3 ming dollar maosh olishini aytgan. Bunday shartlarni eshitib, Natalya tezda Olesyaning taklifiga ko‘ngan.

 

iPhone 7 Apple`ning eng yupqa smartfoni bo‘ladi>>

2016 yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan iPhone 7 qalinligi 6 mm ni tashkil etib, Apple korporatsiyasining eng yupqa smartfoni bo‘lishi aytilmoqda.

 

Sekin eriydigan muzqaymoq yaratildi>>

Olimlar muzqaymoq erishini sekinlashtirish yo‘lini topishdi. Buning uchun ular turli ovqatlarda uchraydigan oqsildan foydalanishdi.

 

«Arsenal» muxlisi uzoq vaqt davomida FIFA 15 simulyatorini o‘ynab, Ginness rekordini qayd etdi>>

Londonning «Arsenal» klubi muxlisi Kris Kuk 47 soat 19 daqiqa 41 soniya davomida uzluksiz ravishda FIFA 15 simulyatorini o‘ynab Ginness rekordlari kitobidan joy oldi.

 

Andijonda zo‘rlangan ayol o‘zini 4-qavatdan tashlab yubordi>>

Javobgar Durbek Mamatov shahardagi Akademik litseyda dars berib, shu atrofda uy ijaraga olib yashardi. Bir kuni uning uyiga do‘sti Odilbek Farida ismli ayol bilan mehmonga keldi. Do‘stlar ancha vaqt birga o‘tirib, aroq ichishdi.