Sport | 22:36 / 08.09.2015
3804
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya va Saudiya Arabistoni uchrashuvi tribunadagi tartibsizlik tufayli yakunlanmay qoldi

2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichidan o‘rin olgan Malayziya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv muxlislarning tartibsizliklari tufayli to‘xtatildi va noma'lum muddatga kechiktirildi.

O‘yin yakunlanishiga 3 daqiqa qolganida mehmonlar 2:1 hisobida oldinda borayotgandi. Shu vaqtda tribunada muxlislar tomonidan turli vositalar orqali hosil qilingan tutun o‘yinni yakunlashga imkon bermagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish