Jahon | 13:57 / 08.09.2015
7749
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘sulda IShID jangarilari 127 bolani olib qochib ketishdi

Oxirgi bir necha kun ichida IShID jangarilari Iroq shimolidagi Mo‘sul shahrida 127 nafar 11-15 yoshli bolalarni olib qochib ketdi. Bu haqda Iraqi News nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, bolalardan biri jangarilarga qarshilik ko‘rsatib, ulardan 2 nafarini o‘ldirgan.
Kurdiston demokratik partiyasi Mo‘sul bo‘limi vakili Said Mamuziniyning so‘zlariga qaraganda, bu bolalar maxsus qarorgohlarga olib borilib, qurol ishlatishga o‘rgatiladi.