Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda mijoz muvaffaqiyatsiz plastik operatsiya tufayli shifoxonada otishma uyushtirdi va o‘zining joniga qasd qildi
Sankt-Peterburgning “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasiga tegishli Dorojnaya klinik shifoxonasida plastik jarrohlik o‘tkazgan mijoz otishma uyushtirdi, deb Sankt-Peterburg prokurorining OAVlar bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Marina Nikolayevaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.
Erkak bosh shifokor o‘rinbosarini yaralab, so‘ngra o‘zining joniga qasd qilgan.
“Videoda erkak miltiqni qandaydir latta bilan o‘rab, qo‘riqlash xizmati oldidan bemalol o‘tib, bosh shifokor o‘rinbosari ko‘kragiga otib, so‘ngra o‘zining bo‘yniga o‘q uzganini ko‘rish mumkin”, deb aytdi Nikolayeva.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, noxush voqeaga muvaffaqiyatsiz plastik operatsiya sabab bo‘lgan.
“Erkak bu shifoxonada 2010 va 2011 yillarda burnini plastika qilgan, biroq natijadan ko‘ngli to‘lmagan. 2013 yilda quloqlarini to‘g‘rilatgan, biroq bunda ham natija uni qoniqtirmagan”, deb aytmoqda matbuot xizmati xodimi.
Jabrlangan shifokor ayni paytda jonlantirish bo‘limida qolmoqda, u operatsiya qilindi.
Tergov organlari ushbu voqea yuzasidan “Suiqasd qilish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.