O‘zbekiston | 11:13 / 08.09.2015
2377
1 daqiqa o‘qiladi

Quyichirchiqda qariyb 2 kg marixuana qo‘lga tushirildi

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tuman hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2015” amaliyoti chog‘ida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan giyohvand moddalarning katta partiyasi qo‘lga tushirildi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Erkin m.f.y.dagi xonadonlardan biri ko‘zdan kechirilganda, yordamchi binoga yashirib qo‘yilgan 1.723 kg miqdoridagi marixuana moddasi aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Mazkur ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.