Jahon | 20:06 / 08.09.2015
3319
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankada fil jurnalistni toptab tashladi

Shri-Lankada yovvoyi fil mahalliy jurnalist Priyanta Ratnayakani toptab tashladi. Bu haqda Can Indian News nashri ma'lum qildi.

Voqea sayyohlar orasida ommabop bo‘lgan Minneriya milliy bog‘ida yuz berdi. Fil hujum qilgandan keyin 43 yoshli jurnalist shifoxonaga yetkazildi va olingan jarohatlardan shu yerda joni uzildi. Voqeaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

RIA Novosti axborot agentligining ma'lumotiga ko‘ra, Shri-Lankada fillarning hujumi oqibatida oxirgi yilda 70 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Shu vaqt ichida 150 ga yaqin fil o‘ldirilgan.

Shri-Lankada fillar muqaddas hayvon hisoblanadi. Biroq shunga qaramasdan oxirgi yillarda ularning soni keskin kamayib ketdi, bunga ularning fermerlar tomonidan otib tashlanayotgani sabab bo‘lmoqda. Ayni kunda mamlakatda 7,5 mingga yaqin fil mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish