Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina moliya vaziri mamlakatni Shveytsariyaga aylantirishni va'da qildi
Ukraina moliya vaziri Natalya Yareskoning ishontirishicha, yillik 4 foizlik o‘sish bilan mamlakat 25 yil ichida Shveytsariya iqtisodiyoti darajasiga yetib oladi. Bu haqda u hukumat yig‘ilishi chog‘ida bayonot berdi.
Uning so‘zlari Xalqaro valyuta tashkilotining bashoratlariga asoslanadi. Tashkilot mutaxassislarining fikricha, Ukrainada o‘sish bundan buyon yiliga 4 foizni tashkil qiladi.
Shuningdek, Yaresko xalqaro kreditorlar tomonidan tashqi qarzlarning restrukturizatsiya qilinishi Ukrainaga foyda keltirishini e'tirof etdi.
“Shu tariqa, biz uchun ham, kreditorlar uchun ham g‘alabali vaziyat. Bu kelishuv tufayli Ukraina sezilarli moliyaviy yengillik oladi va tezroq barqaror iqtisodiy hayotga qayta oladi”, - uning so‘zlarini keltiradi “Ukrainskaya pravda”.