Sport | 17:32 / 08.09.2015
3428
2 daqiqa o‘qiladi

UzreportTV telekanali EURO 2016 uchrashuvlarini translyatsiya qiladi

UzreportTV telekanali futbol bo‘yicha Yevropa chempionatidan o‘rin olgan EURO 2016 uchrashuvlarini translyatsiya qiladi. Bu haqda 8 sentabr kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida UYeFA Chempionlar ligasi musobaqasining UzreportTV telekanali tomonidan translyatsiya qilinishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida e'lon qilindi.

Anjumanda UYeFA tarkibiga kiruvchi futbol klublarining eksklyuziv tijorat agenti hisoblangan “TEAM Marketing” (Shveytsariya) agentligi hamda “SARAN MEDIA INTERNATIONAL” (Malta) kompaniyalari vakillari, shuningdek, UzreportTV telekanali mas'ul xodimlari jurnalistlar savollariga javob berishdi.

Tadbir davomida UYeFA Chempionlar ligasi o‘yinlari translyatsiyasi huquqi xarid qilinishidan tashqari, UzreportTV telekanali tomonidan EURO 2016 — futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘yinlari O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinishi haqida xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha Yevropa chempionati – EURO 2016 uchrashuvlari 2016 yilning 10 iyunidan boshlanib, 10 iyuliga qadar davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish