Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada yaqinlashib kelayotgan to‘fon sababli 50 ta aviareys bekor qilindi
Yaponiyada 9 sentabrga belgilangan kamida 50 ta aviareys yaqinlashib kelayotgan “Kilo” to‘foni sabab bekor qilindi. Bu haqda Kiodo agentligi ma'lum qildi.
Bundan tashqari, murakkab ob-havo sharoitlari tufayli “Sinkansen” ekspresslarining maksimal tezligi kamaytirildi. Qayd etilishicha, bu holat kamida 36 ming kishining rejalariga ta'sir ko‘rsatadi.
Avvalroq Sidzuoka prefekturasida jalali yomg‘irlar tufayli kamida 200 ming kishi evakuatsiya haqida tavsiya olgan.
Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, “Kilo” to‘foni Yaponiyaga 9 dekabr ertalabki payt yetib keladi. Hozirda to‘fonning markazidagi shamol tezligi soniyasiga 25 metrni, kuchaygan paytda esa 35 metrni tashkil qilmoqda.