Jahon | 08:36 / 09.09.2015
2198
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya harbiy havo kuchlari ham Suriyada IShIDga qarshi kurashga qo‘shiladi

Avstraliya harbiy havo kuchlari Suriya hududida jangarilarni yo‘q qilish amaliyotlarini boshlaydi, bungacha ular faqatgina Iroqda harakat qilgan edi, deya xabar bermoqda The Guardian.

Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbotning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonmasdan turib Iroqdagi “o‘lim elchilari” ustidan g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.

Ebbotning qayd etishicha, mamlakat harbiy xizmatchilari garchi “zolim bo‘lsa ham”, Bashar Asad rejimiga qarshi emas, balki terrorchilarga qarshi kurash olib boradi.

Avstraliya harbiy havo kuchlari Suriyada AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida harakat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish