Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun iPhone 6 S Plus smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tadi
Amerikaning Apple kompaniyasi bugun (9 sentabr) o‘zining yangi smartfoni – kattalashtirilgan displeyga ega iPhone 6S Plus’ni taqdim etadi.
Yangi smartfonning ko‘rgazmasi Toshkent vaqti bilan soat 22:00da San-Frantsiskodagi Bill Graham Civic Auditorium binosida bo‘lib o‘tadi.
Taxminlarga ko‘ra, qurilma yangi operatsion tizim – iOS 9’da ishlaydi. Bundan tashqari, unga yaxshilangan displey va kamera o‘rnatilishi, shuningdek, smartfon yangi ranglarda chiqarilishi kutilmoqda.
Shuningdek, 9 sentabr kuni yangilangan ko‘p funksiyali qo‘shimcha TV – Apple TV ham taqdim etiladi.
Ma'lumot uchun, Apple’ning so‘nggi kattalashtirilgan ekranga ega bo‘lgan iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari so‘nggi 9 oy ichida kompaniyaga rekord darajadagi 183 mln dollar daromad keltirdi.