Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dell kompaniyasi smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatadi
Bugungi kunda ko‘plab avval smartfon ishlab chiqarmagan kompaniyalar o‘zini “aqlli” telefonlar ishlab chiqarish bozoriga “urmoqda”. Biroq asosan shaxsiy kompyuter hamda noutbuk ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Dell kompaniyasi smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi ekanini ma'lum qildi.
Kompaniya asoschisi hamda bugungi kundagi rahbari hisoblangan Maykl Dell bugungi kunda smartfonlar bozorida ushbu yo‘nalishda daromad ko‘radigan sanoqli kompaniyalar borligi va boshqa ko‘p sonli kompaniyalar o‘z mablag‘ini bekorga sarf qilayotganini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, Dell Amerika kompaniyasi bo‘lib, u 1984 yilda tashkil topgan.