Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi turma bosh nozirining o‘rinbosarini mahbuslardan biri garovga oldi
9 sentabr kunining ikkinchi yarmida Fransiyaning Pa-de-Kale departamentidagi Venden-le-Vey kommunasidagi qamoqxonadagi mahbuslardan biri pichoq bilan qurollangan holda turma bosh noziri yordamchisini garovga oldi.
Frans Press nashrinig yozishicha, mahbus uchrashuvlar xonasida nozir o‘rinbosariga hamla qilgan va o‘zini "o‘ta xavfli shaxs" deya atab, o‘z shartlarini bajarishlarini talab qilgan.
Oradan ko‘p o‘tmasdan Fransiya maxsus xizmatlari qamoqxonaga yetib kelishgan va asirni ozod etishgan. Asirni qutqarish jarayonida unga shikast yetmaganligi aytilgan.
Mahalliy telekanallardan birining ma'lum qilishicha, ushbu jinoyatchi kelib chiqishi gvadelupalik 34 yoshli Fabris Borome bo‘lib, u bundan oldin ham o‘zini Gvadelupadagi qamoqxonalardan biriga qaytarishlarini talab qilgandi.
Venden-le-Vey kommunasidagi ushbu turma 2014 yilda qurilgan bo‘lib, unda uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahbuslar saqlanadi. Qamoqxona qattiq tartibda qo‘riqlanadi.