Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 12:51 / 09.09.2015
2765
1 daqiqa o‘qiladi
Neymar terma jamoada 46ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar AQShga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida dublga erishgani haqida xabar berilgandi.
Shu tariqa, ushbu yosh hujumchi terma jamoada 46ta gol ura olgan eng yosh futbolchiga aylandi. Uning yoshi ayni vaqtda 23 yilu 218 kunni tashkil etadi.
Qayd etish kerakki, Neymarga shuncha gol urish uchun Braziliya termasi safida o‘tkazilgan 67ta o‘yin kifoya qildi.
Solishtirish uchun, Messi buncha gol urgunicha Argentina terma jamoasi safida 98ta o‘yinda ishtirok etgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish