Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tgan haftada O‘zbekiston hududida 238ta yong‘in sodir bo‘ldi
O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 238 ta yong‘in qayd etilgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bergan.
Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 3 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan va 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 907 mln. so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 834 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar saqlab qolingan.
Buxoro viloyati G‘ijdivon tumanida yashovchi fuqaro M.Murodovning uyida yosh bolalarning sho‘xligi oqibatida yonin sodir bo‘lib, uyning 50 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi fuqaro T.Elmurodovning uyida yosh bolalarning sho‘xligi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 80 kv. metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi fuqaro A.Ikromovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 80 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.