O‘zbekiston | 12:31 / 09.09.2015
28178
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayev yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Bugun, 9 sentabr kuni Toshkent shahar Onkologiya dispanseri yaqinida O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayev yo‘l-transport hodisasiga duch keldi.

O‘zbek kinosining 74 yoshli yorqin namoyondalaridan bo‘lgan Alixo‘jayev o‘zining “Niva” rusumli avtomobilida “Matiz” bilan yengil to‘qnashuv sodir qilgan.

“Matiz” haydovchisining aytishicha, Alixo‘jayev unga o‘z telefon raqamini berib, avtomobilini sozlab berishni va'da qilgan.

O‘lmas Alixo‘jayev 1941 yil 30 iyunda Urganch shahrida tavallud topgan. 1964 yildan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida faoliyat ko‘rsatib keladi. 40dan ziyod kino va telefilmlarda suratga tushgan.

1969 yilda tasvirga olingan “O‘tkan kunlar” filmidagi Otabek, Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotiga bag‘ishlangan “Olovli yo‘llar” filmida Hamza rollari orqali tomoshabinlar uni yaxshi eslashadi. Shuningdek, O‘lmas Alixo‘jayev “Tojikfilm”, “Qirg‘izfilm”, Maksim Gorkiy nomidagi kinostudiyalarda ham ko‘plab rollarni ijro etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish