Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov Qur'oni karim suralarini ekstremizmga aloqador deb e'lon qilgan sudyani milliy dushman deya atadi
Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Qur'oni karimning ayrim suralarini ekstremizmga aloqador deb topgan Janubiy Saxalinsk sudyasi Natalya Perchenkoni milliy dushman deb atadi.
Respublika prezidenti topshirig‘i bilan mazkur qarorning bekor qilinishi yuzasidan appelyatsion ariza tayyorlandi. Bu haqda Qodirovning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
“Mazkur qarorni qabul qilganlar (sudya Natalya Perchenko va prokuror Tatyana Bilobrovets) — milliy dushman va shaytonlardir, – dedi Qodirov. – Men mazkur sud qarorini qabul qilib, bizning mamlakatimizdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinayotgan tashviqotchilar uchun qattiq jazo qo‘llanilishini talab qilaman”, – dedi Checheniston rahbari.
Avvalroq Rossiyaning Janubiy Saxalinsk sudyasi Natalya Perchenko prokuror Bilobrovtsa talabi bilan Qur'oni karimning “Fotiha”, “Jin” suralaridagi ayrim oyatlarni ekstremizmga aloqador deb topgan edi.