Jamiyat | 08:59 / 09.09.2015
2890
1 daqiqa o‘qiladi

Salvadordagi tug‘ruqxonada almashtirib qo‘yilgan go‘daklar to‘rt oydan so‘ng oilalariga qaytarildi

San-Salvador shahrida tug‘ruqxonada almashtirilib qo‘yilgan ikki chaqaloqning ko‘p oylik tarixi o‘z nihoyasiga yetdi, deya xabar bermoqda Reuters.

2015 yilning may oyida Britaniya fuqarosi hisoblangan Mersedes Soto oilasida Salvador poytaxtidagi xususiy tug‘ruqxonalarning birida o‘g‘il farzand dunyoga kelgan edi.

Tug‘ruqxonadan chiqqanidan so‘ng ona o‘g‘lining teri rangi qoracharoq ekanini payqaydi. DNK tekshiruvlaridan so‘ng bu bola ularning farzandi emasligi ma'lum bo‘ldi.

Oradan bir necha oy o‘tganidan so‘ng yangi tug‘ilgan go‘dakning asl ota-onasi kimligi va o‘z farzandlari kimning qaramog‘ida ekani ma'lum bo‘ldi. Shundan so‘ng oilalar yopiq eshiklar ortida o‘z farzandlarini almashishdi.

Tergov xulosalariga ko‘ra, bunga kasalxona shifokori Antonio Gidaz ismli shaxs aybdor bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish