Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:18 / 09.09.2015
5020
1 daqiqa o‘qiladi
Yatsenyuk matbuot kotibi: Ukraina bosh vazirini Chechenistonda jang qilganlikda ayblagan Bastrikin - ruhiy kasal
Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning matbuot kotibi Olga Lappo feysbukdagi sahifasida Rossiya tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinni ruhiy sog‘lomligini tekshirib ko‘rishga chaqirdi.
“Biz Rossiya rejimiga Rossiya Federatsiyasi tergov qo‘mitasi rahbari Bastrykinni ruhiy tekshiruvdan o‘tkazishni tavsiya qilamiz”, – deya ma'lum qilgan Lappo.
Bundan avvalroq Bastrikin Arseniy Yatsenyukning 1995 yilda Chechenistonda jang qilgani va rossiyalik harbiylarni qo‘lga olish hamda ulani qatl qilishda ishtirok etganini ma'lum qilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish