Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi iPad Pro’da Microsoft Office to‘plamlaridan foydalansa bo‘ladi
Microsoft Office to‘plamini yangi iPad Pro planshetida ishlash uchun moslashtirishdi. To‘plamning imkoniyatlarini Apple’ning har yili bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmasida kompaniya vitse-prezidenti Kirk Koneksbauer namoyish qildi. U yangi Apple Pencil’dan foydalangan holda Microsoft Office’ning turli dasturlari – Word, Excel va Power Point’da turli xil amallarni bajardi. Ushbu vazifalarni bajarishda Pencil o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata oldi. Uning harakati gadjyet ekranida tez fursatda namoyish bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, ko‘rgazmada A9X protsessori o‘rnatilgan 12,9 dyuymli yangi iPad Pro plansheti ham namoshiy etildi.