Texnologiya | 15:15 / 10.09.2015
4719
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilga qadar O‘zbekistonda gidravlik ekskavatorlar ishlab chiqarish hajmi 2 barobarga oshadi

2018 yilga qadar O‘zbekistonda gidravlik ekskavatorlar ishlab chiqarish hajmi 400 donaga yetadi.
15 mln dollarlik loyiha 2015-2017 yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Xitoyning Xuzhou Construction Machinery Group Co. Ltd korporatsiyasi hamkorligida Urganchdagi UzXCMG MChJ negizida amalga oshiriladi.

2014 yil 10 mayda “Urganch ekskavator” korxonasi negizida Xitoy bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etilgan edi. 18.2 mln dollarlik loyiha asosida Markaziy Osiyodagi yagona UzXMG ekskavator ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etilgan edi.

Uning yillik quvvati 200 dona mashinani tashkil qiladi. 2014 yili korxona 18.4 mln dollarlik jami 155 dona ekskavator va buldozerlar ishlab chiqardi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish