Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fedor Yemelyanenko yangi yil kechasida Yaponiyada jang o‘tkazishi mumkin
Rossiyalik aralash uslubdagi jang ustasi Fedor Yemelyanenko Yaponiyadagi yangi yil kechasida tashkil qilinadigan shou jangida ringga chiqishi mumkin. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.
Iyul oyida «So‘nggi imperator» laqabi bilan mashhur bo‘lgan 38 yoshli sportchi sportchilik faoliyatini qayta tiklaganini ma'lum qilgandi.
Yemelyanenko Yaponiyaning Pride tashkiloti talqiniga ko‘ra to‘rt karra jahon chempioni sanaladi. U so‘nggi marataba 2012 yilda ringga chiqqan va faoliyatini yakunlash haqida bayonot bergandi. Professional faoliyati davomida 38 jangda qatnashgan Fedor ularning 34tasi g‘alaba qozongan. To‘rt marta mag‘lubiyatga uchragan.