Jamiyat | 05:38 / 10.09.2015
3639
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev politsiyasi 165 ming dollarlik Lamborghini Gallardo avtomobili oladi

Kiyevning patrul politsiyasi yaqin orada Lamborghini Gallardo avtomobili oladi. Bu avtomobilning bazaviy modeli narxi 165 ming dollardan boshlanadi.

Bu haqda Kiyev patrul politsiyasi matbuot xizmati o‘zining instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.

“Muhim yangilik! Yaqinda Kiyev politsiyasi qochoqlar bilan kurashish uchun bir dona Lamborghini Gallardo avtomobilini oladi”, deyilmoqda xabarda.

Lamborghini Gallardo soatiga 100 km tezlikka 4,2 soniyada erishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish