Texnologiya | 15:24 / 10.09.2015
2231
2 daqiqa o‘qiladi

MTS mobil internetdan tushayotgan daromad ovozli xizmatlar daromadidan oshganligini xabar qildi

2015 yilning iyul-avgust oylarida MTS operatorining Moskva hududidagi internetdan ko‘rgan daromadlari ovozli xizmatlardan olingan daromaddan 5 va 10 foizga oshdi. Bu haqda kompaniyaning ommaviy bozor marketingi bo‘yicha direktori Vyacheslav Nikolayevga tayangan holda “Vedomosti” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, bu LTE tarmoqlarining rivojlanishi, operatorning savdo nuqtalarida gadjyetlar narxining tushishi, shuningdek, yangi paket tariflari joriy qilinishi bilan bog‘liqdir. Operator vakili Dmitriy Solodovnikovning aytishicha, 3 yil ichida daromad strukturasining bunday o‘zgarishi butun Rossiya hududida kuzatiladi.
Shu bilan birga, “Vimpelkom” vakili Anna Aybasheva keltirilgan sonlarga shubha bilan qarashini aytdi.

Negaki, uning fikricha, hisob-kitob metodikasi turli operatorlarda turlicha ko‘rinishga ega. Moskva shahri va viloyatida “Bilayn”ning abonentlari soni 2015 yil 30 iyun holatiga ko‘ra 13.8 mln kishini, MTS abonentlari soni esa 13.7 mln kishini tashkil qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish