O‘zbekiston | 18:40 / 10.09.2015
4415
1 daqiqa o‘qiladi

Olmazor tumanida 2 do‘stning mushtlashuvi qon to‘kilishi bilan tugadi

Olmazor tumanida 2 do‘stning mushtlashuvi qon to‘kilishi bilan tugadi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, bir-birini ko‘rmasa turolmaydigan bu do‘stlar arzimagan sabab bilan urushib qolgan. Avvaliga dahanaki boshlangan urush avj pallasiga chiqqan.

Natijada Javlon ismli yigit do‘sti Qobilning bo‘yniga oshxona pichog‘ini tiqib, tan jarohati yetkazgan.
Qobil shifoxonaga yotqizilgan, Javlon esa tergovga tortilgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish