Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Tailanddagi musobaqada 7 ta medal sohibiga aylandilar
Tailandda yengil atletika bo‘yicha mamlakat ochiq chempionatida O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi a'zolari 7 ta medalni qo‘lga kiritdilar.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, chempionatning navbatdagi kunida balandlikka sakrashda Temur Rahmatullayev 2,13 metr natija bilan eng yuqori ko‘rsatkichni namoyish qilib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sportchi birinchi marta O‘zbekiston sport ustasi me'yorlarini bajardi.
Yana bir sportchimiz Ivan Denisov uch xatlab sakrashda 15,71 metr natija bilan kumush medalni, Andrey Reznichenko esa 15,67 metrlik natija bilan 3-o‘rinni egalladilar.
Bungacha balandlikda sakrashda Aleksandra Yurkevskaya oltin medal, Safina Sa'dullayeva esa kumush medal, to‘pni itqitishda Sergey Dementev oltin medal, 200 metrga yugurishda Diana Agliulina 1-o‘rinni egallagan edilar.
Umumiy hisobda O‘zbekiston musobaqada uchtadan oltin va kumush hamda bitta bronza medal qo‘lga kiritdilar.