Jamiyat | 06:20 / 10.09.2015
11421
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov o‘ziga Muhammad payg‘ambar qonlarining bir qismi bo‘lgan qon quyilganini ta'kidlamoqda

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) qonlarining bir qismi bo‘lgan qon quyilganini ta'kidlamoqda. Bu haqda u “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qildi.

“Sizlar bilan katta xursandchilik bilan bo‘lishmoqchiman! Mening uyimda juda qadrli insonlar – Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarimizning avlodlari, butun dunyoda hurmat va e'zoz qilinadigan shayx Xabib Ali Jifriy va Itum-Kalin tumani ulamosi Said-Salim Adagov mehmon bo‘lishdi. Imonlari sofligi, Qur'on me'yorlari va payg‘ambarimiz sunnatlariga sidqidildan amal qilish bo‘yicha ular Allohga yaqin insonlar hisoblanadilar. Mehmonlar islom haqida ko‘p qiziq va bebaho narsalar haqida gapirib berdilar. Shayx Xabib Ali Jifriy menga Allohning rasuli Muhammad (s.a.v.) qonining bir qismi hisoblanadigan o‘z qonidan quyib o‘tkazdi”, deb yozadi Qodirov.

Qodirovning aytishicha, u bundan keyin “dunyodagi eng baxtli odamga aylandi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish