Iqtisodiyot | 13:39 / 10.09.2015
2888
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy o‘zining xususiy to‘lov tizimini ishga tushiradi

XXR Davlat kengashi rahbari Li Ketsyan 2015 yil oxiriga qadar milliy to‘lov kartalari tizimi ishga tushirilishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“Yil so‘ngiga qadar biz xitoy xalqaro to‘lov tizimi— CIPSning rivojlantirilishini yakuniga yetkazamiz”, – dedi Ketsyan “Yangi chempionlar yillik sammiti” jarayonida.

Ketsyan o‘z chiqishi mobaynida yaqin kelajakda mamlakat moliyaviy tizimini liberallashtirish choralari ko‘rilishi, jumladan, xorij markaziy banklarining Xitoy banklararo bozoriga kirishi osonlashtirishini aytib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish