Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GoPro Odyssey stereokamerasining narxi 15 ming dollar bo‘ladi
Panoramali video tushirishga mo‘ljallangan GoPro Odyssey videokamera komplektining narxi oshkor etildi. Ayni paytda unga oldindan buyurtma berish imkoniyati ochilgan.
Ammo ishlab chiqarish hajmining cheklanganligi bois stereokameraga faqat professional videochilar da'vogarlik qilishi mumkin.
U 2015 yil oktabrida sotuvga chiqariladi. Mahsulot narxi 15 ming dollarni tashkil etadi.
Google I/O 2015 konferensiyasida taqdim etilgan GoPro Odyssey qurilmasi o‘z ichiga 16ta raqamli Hero 4 Black kameralarini oladi. Har birining narxi 500 dollar. Ular maxsus aylana ramaga joylashtirilib, MPEG4 formatida 8K × 8K gacha bo‘lgan yechimli va 600 Mbit/sekund maksimal bitreytli panoramali video tasvirga tushiradi.
3D-video suratga olish uchun tizim Google Jump virtual reallik platformasidan foydalanadi. Ushbu kamera yordamida tasvirga tushirilgan videoroliklarni YouTube’ga joylashtirish mumkin bo‘ladi.
GoPro Odyssey komplektiga zaruriy kabellar, 16ta microSD xotira kartasi va 6.57 kg li uskunani olib yurish uchun Pelican sumkasi kiradi. Yozilayotgan ovoz sifatini yaxshilash uchun tashqi mikrofon ulash imkoniyati bor.